2025–2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

03.07.2025 10:00
admin
Yangiliklar
128

Samarqand tuman texnikumi 2025–2026 o‘quv yili uchun 9- va 11-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar egallashga taklif etadi. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom topshiriladi. 11-sinfni a’lo baholarga tugatgan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz, 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

9-sinf bitiruvchilari uchun quyidagi yo‘nalishlar taklif etiladi: avtomobil ta’mirlash, sartaroshlik, bank nazoratchisi, tikuvchilik, mebel ishlab chiqarish, payvandlash, elektromontyorlik va qurilish ishchisi kasblari, shuningdek tikuvchilik va payvandlash bo‘yicha dual ta’lim shakli.

11-sinf bitiruvchilari uchun to‘lov-kontrakt asosida dual kunduzgi ta’lim shaklida mebel ishlab chiqarish texnologiyasi, bino va inshootlar qurilishi, buxgalteriya hisobi va audit, shuningdek kunduzgi ta’lim shaklida elektromontyorlik (elektr uskunalari xizmati) yo‘nalishlari mavjud. O‘quv jarayonida talabalar ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Texnikum manzili: Samarqand tumani, Ravonak MFY. Murojaat uchun telefon: +998 93 995-80-01, +998 97 924-33-36.

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.