Joriy yilning 7-mart kuni Samarqand tuman texnikumida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” nomli ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qizlar besh shart bo‘yicha bellashdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir yakunida qatnashgan qizlarga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alari topshirildi:
- Eng orasta qiz
- Eng iboli qiz
- Eng pazanda qiz
- Eng ijodkor qiz
- Eng zukko qiz