18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan Samarqand tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, orimiz!” mavzusida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, davlat ramzlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tanlovda o‘quvchilar Davlat bayrog‘imiz ranglari, uning mazmun-mohiyati, yurtimiz taraqqiyoti va tinchligiga bag‘ishlangan ijodkorona asarlari bilan ishtirok etdilar; eng ta’sirli va mazmunli ishlar mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Shu kunning o‘zida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning shashka va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqa ham tashkil etildi, guruhlarda esa “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida ochiq ma’naviyat soatlari o‘tkazildi.