“Lochinlar” jamoasi “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida viloyatda 1-o‘rinni egalladi

09.05.2026 13:08
admin
Yangiliklar
417
“Lochinlar” jamoasi “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida viloyatda 1-o‘rinni egalladi

Samarqand viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlarining yosh qutqaruvchi ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi. Musobaqada viloyatning turli hududlaridan kelgan jamoalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlik borasidagi mahoratlarini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Samarqand tuman texnikumining “Lochinlar” jamoasi qo‘lga kiritdi. Jamoa musobaqa davomida yuqori tayyorgarlik, chaqqonlik va bilimdonlik bilan ajralib turdi va respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Texnikum jamoasi tabriklar bilan kutib olindi va respublika bosqichiga tayyorgarlik boshlandi.

Fotogalereya

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.