Samarqand tuman texnikumida yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari, kitob mutolaasining ahamiyati va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Uchrashuv yakunida bir guruh iqtidorli va tashabbuskor yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ko‘proq kitob o‘qish, izlanish va zamonaviy bilimlarni egallashning ahamiyati ta’kidlandi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar