Samarqand tuman texnikumi o‘quvchilari uchun dual ta’limni amalga oshirayotgan “Stekloplastik” korxonasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxonadagi o‘quv xonalari, ustaxonalar, laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Ushbu muhit o‘quvchilarning nazariy bilimlarini kasbiy amaliyot bilan bog‘lashda muhim o‘rin tutadi.
Dual ta’lim jarayonida ta’lim muassasasi va korxona hamkorligi, nazariy tayyorgarlik bilan amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Korxonadagi o‘quv sharoitlari o‘quvchilarning kasbni ishlab chiqarish muhitida o‘rganishiga xizmat qiladi.