1-may kuni Samarqand tuman texnikumida maxsus fan o‘qituvchisi Q. Isoqov tomonidan 113-guruh uchun ochiq dars o‘tkazildi. Mashg‘ulot “Ustma-ust birikmani eriydigan va erimaydigan elektrod bilan payvandlash” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida o‘quvchilarning mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Mavzu interfaol usullar, jamoaviy va individual topshiriqlar orqali tushuntirildi.

Multimedia vositalari va tarqatma materiallar yordamida payvandlash usullariga oid tushunchalar yoritilib, o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Bunday mashg‘ulotlar kasbiy nazariyani puxta o‘zlashtirish uchun muhimdir.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar