Samarqand tuman texnikumida 2026-yil 2-sentabr — Bilimlar kuni hamda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostidagi tadbirda texnikumga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari, mahalla faollari, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqa vakillar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kasbiy ta’limdagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilarni bilim va mahorat egallash yo‘lidagi yangi maqsadlarga ruhlantirdi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar