Tuman hokimi texnikumdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

28.08.2025 21:00
admin
Yangiliklar
265
Tuman hokimi texnikumdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov Samarqand tuman texnikumi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va hashar ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida ta’lim maskani atrofi va ichki hududida amalga oshirilayotgan ishlar — daraxt va gul ko‘chatlari ekish, yo‘laklarni tartibga keltirish, mavjud inshootlarni ta’mirlash kabi tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Hokim hashar ishlarini yanada samarali tashkil etish, jarayonlarga keng jamoatchilikni jalb qilish va mavjud sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi. Shuningdek, texnikumda yoshlar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, hududni obodonlashtirish hamda tozalikni doimiy saqlash muhim vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

Fotogalereya

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.