2026-yil 22-iyun kuni Samarqand tuman texnikumida bitiruvchi guruhlar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi.
Imtihonlar belgilangan tartib asosida tashkil etildi. Mutaxassisliklar bo‘yicha jihozlangan amaliyot xonalari o‘quvchilarga kasbiy topshiriqlarni bajarish va egallagan ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini beradi.
Kasbiy amaliy imtihonlar bitiruvchilarning kelgusida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashga tayyorgarligini baholashda muhim o‘rin tutadi. Quyida imtihon jarayonidan fotolavhalar berilgan.