Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Attestatsiya belgilangan nizom asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim darajasi shaffof tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Imtihonlar ikki kun davomida guruhlar kesimida — belgilangan jadval asosida turli soatlarda o‘tkazildi. Davlat attestatsiyasini tashkil etishda holislik va shaffoflikka alohida e’tibor qaratildi, barcha o‘quvchilar formada, zarur hujjatlar bilan belgilangan vaqtda imtihon xonalariga taklif etildi.