Samarqand tuman texnikumida 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” keng nishonlandi. Ona tilimiz — xalqimizning faxri, milliy g‘ururi va bebaho merosidir; ajdodlarimiz asrlar davomida yaratib, sayqal berib bizgacha yetkazgan o‘zbek tili bugun ham davlat tili sifatida yuksak ehtirom bilan qo‘llanilmoqda.
Shu munosabat bilan texnikumda iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin — ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish, tilimizning go‘zalligi, sofligi va boy imkoniyatlarini chuqur his etishga undash bo‘ldi.