2026-yil 26-yanvar kuni Samarqand tuman texnikumida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish — dolzarb vazifa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda texnikum ma’muriyati, profilaktika inspektorlari, pedagoglar hamda ikkinchi bosqich o‘quvchilari ishtirok etdi. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunga hurmatini mustahkamlash va salbiy xatti-harakatlarning oqibatlarini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati yoritildi. Tadbir yoshlarni mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar