2026-yil 11-fevral kuni Samarqand tuman texnikumida Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda pedagoglar, faxriy ustozlar, oliy ta’lim vakili va o‘quvchi-qizlar ishtirok etdi. Suhbat davomida ayollarning ta’lim va ilm-fandagi o‘rni, bilim olish hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Mehmonlar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, qizlarning ilmga qiziqishini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini yoritdi. Tadbir o‘quvchi-qizlarni bilim olish va o‘z salohiyatini rivojlantirishga rag‘batlantirishga qaratildi.