29-aprel kuni Samarqand tuman texnikumida maxsus fan o‘qituvchisi Dilfuza Jalilova tomonidan “Ayollar ko‘ylagi asosiy andozasini tayyorlash” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Mashg‘ulotda 107-guruh o‘quvchilari ishtirok etdi.
Dars tikuvchilik yo‘nalishidagi nazariy bilimlarni kasbiy ko‘nikmalar bilan bog‘lashga qaratildi. Jamoaviy va individual topshiriqlar hamda interfaol usullar yordamida mavzuning mazmuni yoritildi.
O‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanildi. Andoza tayyorlashni puxta o‘rganish tikuvchilik kasbida aniqlik va izchillikni shakllantirish uchun muhimdir.