16-sentabr kuni texnikum o‘quvchilari ishtirokida ozon qatlamini asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Biologiya fani o‘qituvchisi Dilfuza Yorbekova tashkil etgan tadbir “Monreal bayonnomasi ozon qatlamini tiklaydi va iqlim o‘zgarishlarini kamaytiradi” shiori ostida olib borildi.

Suhbat ekologik bilimlarni boyitish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni targ‘ib qilishga qaratildi. Ko‘rgazmali materiallar yordamida mavzu yoritilib, o‘quvchilar bilan fikr almashildi.

Fotolavhalar Kattalashtirish uchun suratni bosing

Barcha yangiliklar