“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

12.12.2025 12:38
admin
Yangiliklar
191
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Samarqand tuman texnikumida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Aziz Ochilov va boshliq o‘rinbosari mayor Sanjar Nafasov qatnashdi.

Targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchi-yoshlarni hushyorlikka chorlovchi oylikda faol ishtirok etishga, o‘z yashash xonadonlarida isitish maqsadida foydalanilayotgan elektr va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanishga, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi navbatda 112 qisqa raqami orqali xabar berishga oid tushunchalar berildi.

Bir necha kundan so‘ng FVB xodimlari tomonidan ta’lim muassasasida takroran ko‘rgazmali profilaktik tadbir o‘tkazilib, o‘quvchilarga is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish, shuningdek birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalari tushuntirildi.

Fotogalereya

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.