Bugun Samarqand tuman kasb –hunar maktabi 1- bosqich 104,105,106 –guruh o’quvchilarining ota onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kasb-hunar maktabi YoIBDO’ S.Jo’rayev hamda kasb hunar maktabi psixologi R.Iskandari va guruh rahbari Kadirova F. Jalilova D. Alixanova S. va ota –onalari ishtirok etishdi. Yig’ilishda o’quvchilarning davomati, odob-axloqi, tartib-intizomi yuzasida so’z yuritildi. YoIBDO’ S.Jo’rayev so’zga chiqib kasb –hunar maktabi ichki qonun qoidalari to’g’risida ota onalarga ma’lumotlar berib ularni darslarga faol ishtirokini taminlashishda o’quvchilarga ota onalari ko’magi muhim ekanligi haqida aytib o’tdilar. Darslardan qolgan o’quvchilarning ota-onalariga ogohlantirishlar berildi. Shu bilan birga Kasb-hunar maktabi psixologi R.Iskandari so’zga chiqib o’quvchilarning ota onalariga ularning odob axloq, kiyinish madaniyati to’g’risidaa va ayni paytda ularning psixologik holatlari to’g’risida so'z yuritildi.






