Tartiblash: vaqt | reyting | ko'rilgan | fikrlar | alfavit
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 13 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 26-05-2025, 12:51
26-05-2025, 12:51

Samarqand tuman politexnikumida Karyera markazi faoliyat yuritmoqda

Kategoriya: Yangiliklar

Samarqand tuman politexnikumida Karyera markazi faoliyat yuritmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF–158-sonli "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi “Texnikumlarning Karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida 2025-yil 26-maydan boshlab Samarqand tuman politexnikumida Karyera markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, ammo keng ko‘lamli faoliyat yuritishga mo‘ljallangan tarkibiy tuzilma bo‘lib, uning asosiy maqsadi politexnikum bitiruvchilarining mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlarini ta’minlash, ularni kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Karyera markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
???? Politexnikumda karyera kunlarini muntazam o‘tkazish, o‘quvchilarni ish beruvchilar bilan bevosita tanishtirish, shuningdek, muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy sektor vakillari bilan mahorat darslari tashkil etish;
???? Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumot berish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
???? Politexnikumda tayyorlanayotgan kasb va mutaxassisliklarga mos korxona va tashkilotlar bilan amaliyot tizimini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishtirish;
???? Dual ta’lim shaklida o‘qitish uchun seminar-treninglar tashkil etish, bu borada ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
???? O‘quvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlash istaklarini inobatga olgan holda kasbiy yo‘naltirish va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatish;
???? Bitiruvchilarni bandligini ta’minlash maqsadida mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqida muntazam axborot berish, ularni ichki va tashqi mehnat bozori bilan bog‘lovchi vositachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Karyera markazi – talab va ehtiyojlar orasidagi ko‘prik
Bugungi kunda Karyera markazi samarali faoliyat olib bormoqda. Politexnikum rahbariyati tomonidan mazkur markaz uchun alohida xona ajratilgan, zarur jihozlar bilan ta’minlangan, mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Ish beruvchilar bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida bir qator o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi, ayrim bitiruvchilar esa ishga joylashtirildi.
Markaz tomonidan politexnikum o‘quvchilari uchun kasbiy yo‘nalish bo‘yicha testlar, seminar-treninglar, individual maslahatlar kabi faoliyatlar ham olib borilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning o‘z qiziqishlari va salohiyatlariga mos kasb tanlashlariga, o‘z ustida ishlashlariga turtki bo‘layotir.
Xulosa qilib aytganda, Samarqand tuman politexnikumidagi Karyera markazi faoliyati zamonaviy kasbiy ta’lim talablariga mos bo‘lib, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning zamonaviy mehnat bozoriga integratsiyalashuvi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 3 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 4-04-2025, 15:03
4-04-2025, 15:03

Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar

Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi
Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi
Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi
Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi
Milliy tarix va qadriyatlar bo’yicha” davra suhbati o'tkazildi
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 4 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 4-04-2025, 14:44
4-04-2025, 14:44

“O’quvchilarning muzeylarga tashrifi” loyihasini amalga oshirilmoqda

Kategoriya: Yangiliklar

“O’quvchilarning muzeylarga tashrifi” loyihasini amalga oshirilmoqda
“O’quvchilarning muzeylarga tashrifi” loyihasini amalga oshirilmoqda
“O’quvchilarning muzeylarga tashrifi” loyihasini amalga oshirilmoqda
“O’quvchilarning muzeylarga tashrifi” loyihasini amalga oshirilmoqda
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 16 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 22-02-2025, 08:59
22-02-2025, 08:59

1-oktyabr – Ustozlar kuni

Kategoriya: Yangiliklar

Samarqand tuman politexnikumida 1-oktyabr ustozlar kuni nishonlandi. Bu kun ta'lim sohasidagi barcha ustozlar va o'qituvchilarning mehnatini qadrlash, ularga hurmat-izzat ko'rsatish uchun belgilangan. O'qituvchilar jamiyatning asosiy poydevori bo'lib, yoshlarni ma'naviy va ilmiy jihatdan tarbiyalashda muhim rol o'ynaydilar. Ushbu kunda o'qituvchilarga tabriklar, sovg'alar va boshqa maxsus tadbirlar o'tkaziladi.
1-oktyabr – Ustozlar kuni
1-oktyabr – Ustozlar kuni
1-oktyabr – Ustozlar kuni
1-oktyabr – Ustozlar kuni
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 38 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 5-12-2024, 09:09
5-12-2024, 09:09

"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi

Kategoriya: Yangiliklar

"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi




















O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 25-noyabrdagi 3/15-52-15-588-sonli xati va Samarqand viloyat Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar boshqarmasining 2024-yil 2-dekabrdagi 18-3123-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand tuman kasb-hunar maktabi 2-bosqich o'quvchilari o'rtasida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 44 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 17-09-2024, 10:18
17-09-2024, 10:18

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida 1-bosqich o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida 1-bosqich   o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish o'tkazildi













Bugun Samarqand tuman kasb –hunar maktabi 1- bosqich 104,105,106 –guruh o’quvchilarining ota onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kasb-hunar maktabi YoIBDO’ S.Jo’rayev hamda kasb hunar maktabi psixologi R.Iskandari va guruh rahbari Kadirova F. Jalilova D. Alixanova S. va ota –onalari ishtirok etishdi. Yig’ilishda o’quvchilarning davomati, odob-axloqi, tartib-intizomi yuzasida so’z yuritildi. YoIBDO’ S.Jo’rayev so’zga chiqib kasb –hunar maktabi ichki qonun qoidalari to’g’risida ota onalarga ma’lumotlar berib ularni darslarga faol ishtirokini taminlashishda o’quvchilarga ota onalari ko’magi muhim ekanligi haqida aytib o’tdilar. Darslardan qolgan o’quvchilarning ota-onalariga ogohlantirishlar berildi. Shu bilan birga Kasb-hunar maktabi psixologi R.Iskandari so’zga chiqib o’quvchilarning ota onalariga ularning odob axloq, kiyinish madaniyati to’g’risidaa va ayni paytda ularning psixologik holatlari to’g’risida so'z yuritildi.
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 41 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 10-09-2024, 17:52
10-09-2024, 17:52

Qizlar majlisi o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar, Biz haqimizda

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida joriy oʻquv yilining 10 sentyabr sanasida tuman xotin-qizlar masalalari bo'yicha targ'ibot guruhi rahbari, Sh.Hafizova,kasb-hunar maktabi xotin qizlar qumitasi raisi D.Yorbekova ishtirokida kasb-hunar maktabining barcha xotin-qizlari va 1-bosqich oʻquvchi-qizlariga kiyinish madaniyati, oʻzini tutishi, maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, erta turmush va erta tugʻruqni salbiy oqibatlari hamda uni oldini olish, hijob oʻragan qizlarga koʻrsatma va tushunchalar berdilar.
Qizlar majlisi o'tkazildi
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 34 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 4-09-2024, 17:49
4-09-2024, 17:49

Yangi o'quv yili boshlandi

Kategoriya: Yangiliklar

Yangi o'quv yili boshlandi



















2024-yil 4-sentyabr kuni Samarkand tuman kasb-hunar maktabida yangi 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishi munosobati bilan “Bir bo‘lsak-yagona halqmiz,birlashsak Vatanmiz!” shiyori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi O.Yuldashev, Ravonak M.F.Y hokim yordamchisi J.No‘monjonov, jamoatchilik vakillari,ota onalar, kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari ishlab chiqarish taʼlim ustalari hamda 980 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Taʼdbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ko‘tarinki ruhda ijro etish bilan boshlandi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yiligi munosabati bilan “Najot-taʼlimda, najot-tarbiyada,najot-bilimda” shiori ostida guruhlarda mustaqillik darslari o‘tkazildi.Yangi o'quv yili boshlandi
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 36 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 31-08-2024, 07:01
31-08-2024, 07:01

1-son pedagogik kengashi o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar

1-son pedagogik kengashi o'tkazildi



















2024-yil 30-avgust kuni Samarqand tuman kasb-hunar maktabi 1-son pedagogika kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Sh.Xolov raisligida kengaytirilgan pedagogik kengash yig'ilishi o'tkazildi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish avvalida, kasb-hunar maktabi rahbariyati 1-oktyabr mustaqilligimizning 33 yilligi bilan barcha o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni muborakbod etishdi. Bayram munosabati bilan, o'tgan o'quv yili mobaynida universitet rivoji yo'lida o'zining munosib hissasini qo'shgan, samarali mehnati hamda tashabbuskorligi bilan jonbozlik ko'rsatgan bir guruh ustozlar taqdirlanishdi.

Shundan so'ng yig'ilishning asosiy qismiga o'tilib, kengash kun tartibi o'qib eshittirildi. Yig'ilishda kasb-hunar maktabiningning o'tgan yilgi ish faoliyati sarhisobi, 2024-2025 o'quv yili uchun qabul jarayonlari hamda yangi o'quv yilida qilinishi kerak bo'lgan ishlar xususida so'z bordi.

Kun tartibidan o'rin olgan turli masalalar chuqur tahlil qilindi, kengash a'zolarining fikr-mulohazalari tinglandi.
Yigʻilishda 2024-2025-oʻquv yiliga doir barcha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlandi hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

1-son pedagogik kengashi o'tkazildi
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 33 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 26-08-2024, 07:07
26-08-2024, 07:07

An'anaviy avgust seminarlari o'tkazilmoqda

Kategoriya: Yangiliklar

An'anaviy avgust seminarlari o'tkazilmoqda

Samarqand viloyati kasb-hunar maktablarida har yili o'tkaziladigan an'anaviy avgust seminarlari o'tkazilmoqda. Ularda kasb-hunar maktabimiz o'qituvchilari ham qatnashishmoqda...