Tartiblash: vaqt | reyting | ko'rilgan | fikrlar | alfavit
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 44 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 17-09-2024, 10:18
17-09-2024, 10:18

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida 1-bosqich o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida 1-bosqich   o’quvchilarining ota-onalari bilan yig’ilish o'tkazildi













Bugun Samarqand tuman kasb –hunar maktabi 1- bosqich 104,105,106 –guruh o’quvchilarining ota onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kasb-hunar maktabi YoIBDO’ S.Jo’rayev hamda kasb hunar maktabi psixologi R.Iskandari va guruh rahbari Kadirova F. Jalilova D. Alixanova S. va ota –onalari ishtirok etishdi. Yig’ilishda o’quvchilarning davomati, odob-axloqi, tartib-intizomi yuzasida so’z yuritildi. YoIBDO’ S.Jo’rayev so’zga chiqib kasb –hunar maktabi ichki qonun qoidalari to’g’risida ota onalarga ma’lumotlar berib ularni darslarga faol ishtirokini taminlashishda o’quvchilarga ota onalari ko’magi muhim ekanligi haqida aytib o’tdilar. Darslardan qolgan o’quvchilarning ota-onalariga ogohlantirishlar berildi. Shu bilan birga Kasb-hunar maktabi psixologi R.Iskandari so’zga chiqib o’quvchilarning ota onalariga ularning odob axloq, kiyinish madaniyati to’g’risidaa va ayni paytda ularning psixologik holatlari to’g’risida so'z yuritildi.
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 41 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 10-09-2024, 17:52
10-09-2024, 17:52

Qizlar majlisi o'tkazildi

Kategoriya: Yangiliklar, Biz haqimizda

Samarqand tuman kasb-hunar maktabida joriy oʻquv yilining 10 sentyabr sanasida tuman xotin-qizlar masalalari bo'yicha targ'ibot guruhi rahbari, Sh.Hafizova,kasb-hunar maktabi xotin qizlar qumitasi raisi D.Yorbekova ishtirokida kasb-hunar maktabining barcha xotin-qizlari va 1-bosqich oʻquvchi-qizlariga kiyinish madaniyati, oʻzini tutishi, maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, erta turmush va erta tugʻruqni salbiy oqibatlari hamda uni oldini olish, hijob oʻragan qizlarga koʻrsatma va tushunchalar berdilar.
Qizlar majlisi o'tkazildi
Maqola haqida ma`lumotlar
  • O'qilgan: 34 marta
  • Mualllif: I.Abdullayev
  • Kiritilgan vaqti: 4-09-2024, 17:49
4-09-2024, 17:49

Yangi o'quv yili boshlandi

Kategoriya: Yangiliklar

Yangi o'quv yili boshlandi



















2024-yil 4-sentyabr kuni Samarkand tuman kasb-hunar maktabida yangi 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishi munosobati bilan “Bir bo‘lsak-yagona halqmiz,birlashsak Vatanmiz!” shiyori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi O.Yuldashev, Ravonak M.F.Y hokim yordamchisi J.No‘monjonov, jamoatchilik vakillari,ota onalar, kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari ishlab chiqarish taʼlim ustalari hamda 980 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Taʼdbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ko‘tarinki ruhda ijro etish bilan boshlandi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yiligi munosabati bilan “Najot-taʼlimda, najot-tarbiyada,najot-bilimda” shiori ostida guruhlarda mustaqillik darslari o‘tkazildi.Yangi o'quv yili boshlandi