2026-yil 7-yanvar kuni Samarqand tuman texnikumida qishki ta’til davridagi o‘quv seminari o‘tkazildi. Mashg‘ulot Prof-emis.edu.uz platformasida elektron o‘quv mashg‘uloti jurnalini to‘g‘ri rasmiylashtirish masalasiga bag‘ishlandi.
Seminarda o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi. Elektron jurnal bilan ishlash tartibiga e’tibor qaratilib, o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni izchil va to‘g‘ri yuritishning ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir pedagoglarning raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va o‘quv hujjatlarini yuritishda yagona yondashuvni qo‘llashga qaratildi.