“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

26.05.2026 12:40
admin
Yangiliklar
171
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichiga start berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari, tuman DXX bo‘limi mas’ullari, ta’lim sohasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlar hamda texnikum o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi qaroriga asosan uch bosqichda — tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Samarqand tuman texnikumida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan turli kasb egalari o‘z mahoratlarini bosqichma-bosqich namoyish etishdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yoshlarni yanada faol bo‘lishga, kasbiy bilim va mahoratini oshirishga undadi.

Fotogalereya

O'xshash yangiliklar

Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
10.08.2026 • Yangiliklar
Samarqand tuman texnikumida pedagog-xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand tuman texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati, shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar bayonining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa 2026-yil 10-iyul kuni Samarqand tuman texnikumida bo‘lib o‘tdi. Unda texnikumning pedagog-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi
22.06.2026 • Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun ko‘rgazmali kasbiy amaliy imtihonlar boshlandi

Har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida jihozlangan amaliyot xonalarida bitiruvchi guruhlar o‘z kasbiy mahoratini amalda namoyish etishdi.

O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi
17.06.2026 • Yangiliklar
O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi shaffof tarzda o‘tkazildi

Texnikum bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan davlat attestatsiyasi belgilangan nizom asosida, guruhlar kesimida ikki kun davomida tashkil etildi.