2026-yil 12-iyun kuni Samarqand tuman texnikumida Xitoyda malaka oshirib qaytgan ishlab chiqarish ta’limi ustasi Umed Samadov mahorat darsi o‘tkazdi.
Mashg‘ulot zamonaviy avtomobillarning turlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish mavzusiga bag‘ishlandi. Ta’lim ustalari bilan avtomobilsozlikdagi zamonaviy talablar hamda o‘quvchilarga tegishli bilim va ko‘nikmalarni berish masalalari muhokama qilindi.
Xorijda orttirilgan tajribani hamkasblar bilan bo‘lishish ishlab chiqarish ta’limini zamon talablariga mos tashkil etishga xizmat qiladi. Darsda ko‘rgazmali vositalar va avtomobil jihozlaridan foydalanildi.